14 fev 19:53
Yangiliklar
Futbol

Akanji operaciya qilinadi va uzoq vaqt maydonga tushmaydi, Husanov uchun imkoniyat
Futbolchining tiklanish muddati ham elon qilindi.
"Manchester Siti" ushbu mavsumda jiddiy jarohat bilan bog'liq ko'plab muammolarga duch kelmoqda. Juma kuni "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempioni muxlislariga yomon xabar keltirdi. Dastlab Angliya OAV kamida 2 haftalik muddat haqida yozdi. Biroq aniq tashxis ancha yomonroq bo'lib chiqdi.
Gvardiola Akanjida og'ir jarohat borligini aytdi. Mutaxassisning takidlashicha, himoyachi operaciya qilinadi, keyin esa 8-10 haftani o'tkazib yuboradi. SHveycariyalik himoyachi joriy mavsum 30 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatgan edi.
Havola :
Fikrlar