10 avg 18:20
Yangiliklar
Og'ir atletika, Parij-2024
Akbar Jo'raev Olimpiadalar doirasida tariximizdagi ettinchi kumush medalni qo'lga kiritdi
Biroz oldin og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raev (102 kg) Parij Olimpiadasida kumush medalga ega chiqqan edi.
Bu o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiadalar tarixidagi ettinchi kumush medaliga aylandi.
SHu kunga qadar Olimpiadalarda kumush medalni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik sportchilar:
1996 - Artyom Bagdasarov (dzyudo)
2000 - Artur Taymazov (sport kurashlari)
2004 - Magomed Abdulmo'minovich Ibragimov (sport kurashlari)
2008 - Abdullo Tangriev (dzyudo)
2016 - SHahram G'iyosov (boks)
2016 - Bektemir Meliqo'ziev (boks)
2024 - Akbar Jo'raev (og'ir atletika).
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
07:12
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionatining ilk kuni 4 ta vaznda g'oliblar aniqlandi FOTOGALEREYA 0
Fikrlar