10 avg 16:42
Yangiliklar
Og'ir atletika, Parij-2024
AKBAR JO'RAEV PARIJ OLIMPIADASI KUMUSH MEDALI SOHIBI!!!
O'zbekistonlik og'ir atletikachi Akbar Jo'raev (102 kg) Parij Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz dast ko'tarishda 185, siltab ko'tarishda esa 219 kg, umumiy 404 kg natija qayd etdi.
Oltin medalni qo'lga kiritgan xitoylik Liu Xuanxua Jo'raevdan atigi 2 kg ko'proq tosh ko'tardi va umumiy 406 kg natija bilan birinchi bo'ldi.
SHu tariqa, Jo'raev o'zining ikkinchi Olimpiadasida kumush medalga ega chiqdi. U Tokio Olimpiadasining amaldagi g'olibi edi.
Takidlash joiz, hamyurtimiz mazkur natijasi orqali ikki karra Olimpiada sovrindoriga aylangan ilk o'zbekistonlik og'ir atletikachiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar