12 okt 11:29
Yangiliklar
Dzyudo

Aktau Asian Judo Open. Dzyudochilarimiz birinchi kun 6 ta medalga ega chiqishdi + FOTO
Qozog'istonning Aktau shahrida dzyudo bo'yicha Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taqvimidan o'rin olgan turnir bo'lib o'tmoqda.
O'nta davlat vakillari ishtirokida o'tayotgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda medallar uchun bahslarga kirishdi. Birinchi kungi bellashuvlarda dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Fotimaxon Tursunboeva (-48 kg) va Marjona Nurulloeva (-63 kg) o'z vazn toifalarida chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Finalda 13 daqiqalik uchrashuv o'tkazgan Obidxon Nomonov (-73 kg) mezbon dzyudochiga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo'ldi. Ulbusin Hakimova (-48 kg), Sita Kadambaeva (-52 kg) va Mohinur Allaberganova (-57 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar