19 okt 10:36
Yangiliklar
Aktau Asian Open 2026 turnirini 13 ta medal bilan yakunladik
Musobaqaning ikkinchi kuni og'ir vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi. Erkaklar o'rtasidagi -100 va +100 kg vazn toifalarida o'zbekistonlik dzyudochilar chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi.
Ikki kunlik musobaqada dzyudochilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Xalqaro turnir chempionlari 100 reyting ballarini o'z hisoblariga yozib qo'yishdi. Umumjamoa hisobida Qozog'iston birinchi, O'zbekiston ikkinchi o'rinni egalladi.
G'olib va sovrindor dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-73 kg: Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov
-100 kg: Mirjalol Normo'minov
+100 kg: Muhammadali Tangriev
Kumush medallar
-78 kg: SHinar Ibraeva
-90 kg: Ramazon Allaberdiev
Bronza medallar
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Muhayyo Ahmatova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-70 kg: Farangiz Hojieva
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
-90 kg: Sultonbek Abdushukurov







Fikrlar