So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

01 iyu 13:35
Yangiliklar

SHaxmat

Aktobe Open 2024. SHaxmatchilarimiz 7-turda qanday natija qayd etishdi?

Qozog'istonning Aktyubinsk viloyati Aktobe shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Aktobe Open 2024 turniri ananaviy tarzda Vladimir Dvorkovich xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinyapti. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida uch nafar shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665), Muhammadzohid Suyarov (2429) va Muhiddin Madaminov (2504) ham sovrinli o'rinlar uchun dona surmoqda.  

Musobaqaning 7-turida uchchala vakilimiz ham qora donalarda harakat qilishi kerak edi. Ammo Madaminov bizga malum bo'lmagan sababga ko'ra qozog'istonlik Orash SHonazarovga qarshi bahs olib bormadi va unga texnik mag'lubiyat yozildi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija ko'rsatayotgan Nodirbek Yakubboev avstriyalik Valentin Baydeckiy (2482) bilan murosaga keldi. Suyarov mezbon shaxmatchi Ergali Suleymen (2254) bilan durang o'ynadi. 

Bugun o'tkaziladigan 8-tur oldidan turnir jadvalida peshqadam o'zgardi. Ettinchi turda shu kungacha peshqadam bo'lib kelgan Abhijit Guptani mag'lub etgan Parham Maqsudlu (Eron) 6 ochko bilan yakka karvonboshi bo'lib oldi. Aleksey Sarana (Serbiya, 2706), SHant Sargsyan (Armaniston, 2637), Aleksandr Predke (Serbiya, 2667), Puranik Abhimanyu (Hindiston, 2629) 5,5 tadan ochko jamg'arib, keyingi o'rinlarni band etishgan. Besh ochkoga ega Nodirbek Yakubboev qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-pog'onadan joy olgan. Oltinchi o'rindagi hindistonlik grossmeyster Abhijit Guptada ham 5 ochko bor. 

Muhammadzohid Suyarov 7-turdan keyin 3,5, Muhiddin Madaminov esa 2,5 ochkoga ega. Ular qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra, mos ravishda 41 va 68-o'rinlarni band etishgan. Muhiddin uchun musobaqa erta yakunlanganini aytish joiz. Bugun o'tkaziladigan 8-turda shaxmatchilarimiz raqiblariga qarshi oq donalarda harakat qilishadi.        


Aktobe Open 2024. 8-tur juftliklari:

Nodirbek Yakubboev (2665) - Mixail Nikitenko (Belarus, 2525)  

Muhammadzohid Suyarov (2429) - Sauat Nurgaliev (Qozog'iston, 2320)


Malumot uchun, Aktobe Open 2024 turniri g'olibi 20 000 dollar mukofot puliga ega bo'ladi. Ikkinchi o'rin sohibi 15 600, uchinchi o'rin egasi esa 11 100 AQSH dollarini qo'lga kiritadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing