So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

05 fev 12:01
Yangiliklar

SHaxmat

"Al-Beruniy" xalqaro turnirida 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi (barcha natijalar)

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan shaxmat bo'yicha "Al-Beruniy" nomidagi II Xalqaro shaxmat turnirida 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Umumiy mukofot jamg'armasi 68 700 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa uch guruhda o'tkazilmoqda. "Masters" guruhida hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijaga hozircha yosh grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov erishmoqda. U bir g'alaba va bir mag'lubiyat bilan 1 ochko jamg'argan holda 10 ishtirokchi orasida 7-o'rinni egallab turibdi. Abdusalimov 2-turda qora donalarda vengriyalik Sanan Syugirovga imkoniyatni boy berdi. Ortiq Nig'matov armanistonlik Hayk Martirosyandan engildi. Muhiddin Madaminov xitoylik Ma Kyun bilan murosaga keldi. Afruza Hamdamova rossiyalik Vladislav Artemev bilan durang o'ynadi. Rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni rossiyalik Volodar Murzin armanistonlik SHant Sargsyanga yutqazib qo'ydi.

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan shaxmatchilarimizdan bu turda ham hech kim g'alaba qozona olmadi. Saidakbar Saydaliev rossiyalik Ivan Zemlyanskiy bilan, Almas Rahmatullaev qozog'istonlik Rinat Jumabaev bilan durang qayd etdi. Humoyun Begmuratov oq donalarda Devid Paranyanga Muhammadzohid Suyarov Arseniy Nesterovga yutqazib qo'ydi. 

"Fyuchers" guruhida reytingi 2400 va undan yuqori 6 nafar xorijlik shaxmatchi qatnashyapti. Umida Omonova ushbu guruhning birinchi raqamli ishtirokchisi rossiyalik Klementi Sichev (2542) bilan durangga erishgandi. Bu safar u qora donalarda o'ynashiga qaramay, ukrainalik grossmeyster Vitaliy Bernardskiy bilan murosaga keldi. Asrorbek Omonov turkmanistonlik Saparmirat Atabaev bilan durang qayd etdi. Nilufar Yakubbaeva va Guldona Karimova bu turda mag'lubtiyat alamini totib ko'rishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing