So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

04 fev 16:22
Yangiliklar

SHaxmat

"Al-Beruniy" xalqaro turnirining birinchi turida qanday natijalar qayd etildi?

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan shaxmat bo'yicha "Al-Beruniy" nomidagi II Xalqaro shaxmat turnirida 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Umumiy mukofot jamg'armasi 68 700 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa uch guruhda o'tkazilmoqda. "Masters" guruhida hamyurtlarimiz bilan birga reytingi 2600 va undan yuqori bo'lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchi ham bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov o'ziga xos o'zbek derbisida Ortiq Nig'matovni mag'lubiyatga uchratdi. 

Muhiddin Madaminov armanistonlik SHant Sargsyanga, Afruza Hamdamova yana bir arman grossmeysteri Haik Martirosyanga imkoniyatni boy berdi. Rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni rossiyalik Volodar Murzin vengriyalik Sanan Syugirovdan ustun keldi. Rossiyalik Vladislav Artemev va xitoylik Ma Kyun bahsida durang natija qayd etildi.      

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan shaxmatchilarimizdan hech biri 1-turda g'alaba qozona olmadi. Birgina Humoyun Begmuratov qora donalarda qozog'istonlik grossmeyster Rinat Jumabaev bilan murosaga keldi. Almas Rahmatullaev eronlik Bardiya Daneshvarga, Muhammadzohid Suyarov Ivan Zemlyanskiyga, Saidakbar Saydaliev Devid Paranyanga yutqazib qo'ydi.  

"Fyuchers" guruhida reytingi 2400 va undan yuqori 6 nafar xorijlik shaxmatchi qatnashyapti. Umida Omonova ushbu guruhning birinchi raqamli ishtirokchisi rossiyalik Klementi Sichev (2542) bilan durangga erisha oldi. O'zbek derbisida Asrorbek Omonov ayollar o'rtasida grossmeyster Nilufar Yakubbaevadan ustun keldi. Guldona Karimova esa qora donalarda shveciyalik grossmeyster Vitaliy Sivukdan engildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing