28 jan 10:05
Yangiliklar

“Al-Hidd” bugun Toshkentga keladi
Yurtimizda 2017 yilgi futbol mavsumining ilk rasmiy uchrashuvi – OCHL o'tish bosqichida, “Nasaf” Baxraynning “Al-Hidd” jamoasini qabul qiladi.
Raqib Bahraynning “Al-Hidd” klubi rasmiylari va futbolchilari bugun Toshkentga etib kelishadi. Klub delegaciyasini bag'riga olgan havo layneri, kech soat 17:40da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'nadi. “Al-Hidd” klubi delegaciyasi 11 nafar rasmiy va 18 nafar futbolchilardan iborat.
“Al-Hidd” jamoasining Toshkentga tashrif buyuradigan futbolchilari quyidagilardan iborat: Abbos Xamis, Hamad Albanki, Abdulla Baba Fatadi, Aliabdulla Hasan, Efidayo Omasui (Nigeriya), Said Muhammad Husayn, Ibrohim Alabayidli, Axmad Ibrohim Alxattal, Iso Musabbih (s), Rashid Xalil Alxuti, Okarandut Orok (Nigeriya), Muhammad Aldovud (Iordaniya), Xolid Alshamhari, Ali Said Alshahobi, Muhammad Maki Ali, Uche Agba (Nigeriya), Muhammad Almulla, Axmad Bug'ammar.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv 31 yanvar seshanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar