27 jan 22:10
Yangiliklar
Futbol

“Al-Jayish” durang o'ynadi, Sardor Rashidovda 90 daqiqa
Qatar Yulduzlar ligasida 18-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi safarda “Umm Salal”ga qarshi bahs olib borib 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Rashidov doimgidek uchrashuvda to'liq o'ynadi. CHempionatning 18-turidan so'ng “Al-Jayish” 35 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Qatarlar Yulduzlar ligasi. 18-tur
"Umm Salal" - "Al Jayish" 1:1
Gollar: Hilol Muhammad 35 - Abdulqodir Ilyos 61
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar