23 okt 08:20
Yangiliklar
Futbol

“Al Jayish” qo'shimcha daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi, Rashidovda 55 daqiqa
Qatar Yulduzlar ligasida 4-tur uchrashuvlari start oldi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan Qatarning “Al Jayish” klubi “Ar Rayyan” mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqada mehmonlar g'alabani qo'ldan boy berishdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida “Al Jayish” yulduzi Seydu Keyta hisobni ochgandi. 90+1-daqiqada esa mezbonlar hujumchisi Serxio Garsiya muvozanatni tikladi - 1:1.
Boshlang'ich tarkibda maydonga tushirilgan Sardor Rashidov 55-daqiqada zaxiraga olindi. “Al Jayish” ketma-ket 3ta g'alabadan so'ng ilk bor ochko yo'qotdi. Jamoa 10 ochko bilan tunnir jadvalida 2-pog'onada bormoqda.
Qatar Yulduzlar ligasi
“AR RAYYAN” – “AL JAYISH” 1:1
Gollar: Serxio Garsiya 90+1 - Seydu Keyta 20
Havola :
Fikrlar