03 dek 13:20
Yangiliklar
Futbol

“Al Jayish”da, Rashidovning jamoasi hamon peshqadam
Qatar Yulduzlar ligasida 9-tur uchrashuvlari start oldi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi safarda “Al Ahli”ni mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda aynan Lukas Mendesning 86-daqiqada jarima zarbasidan urgan chiroyli goli evaziga “Al Jayish” 1:0 hisobida zafar quchdi. Rashidov o'yinda to'liq o'ynadi.
To'qqizta o'yindan so'ng 25 ochko to'plagan “Al Jayish” Qatar Yulduzlar ligasida yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Qatar Yulduzlar ligasi. 9-tur
“AL AHLI” – “AL JAYISH” 0:1
Gol: Lukas Mendes 86
Havola :
Fikrlar