23 jan 07:30
Yangiliklar
Futbol

“Al-Jayish”da yirik mag'lubiyat, Rashidovda 90 daqiqa
Qatar Yulduzlar ligasida 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi o'z uyida “Ar Rayyan”ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Rashidov uchrashuvda to'liq o'ynadi. CHempionatning 17-turidan so'ng “Al-Jayish” 34 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 17-tur
"Al Jayish" - "Ar Rayyan" 1:4
Gollar: Lukas Mendes 30 - Sebastyan Soriya 13 penalti, Serxio Garsiya 33, Rodrigo Tabata 75, Natan Otavio 82
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar