24 apr 10:21
Yangiliklar
Futbol

"Al Nasr" APLdan himoyachi xarid qilishi mumkin
"Sautgempton" himoyachisi Maya Yoshida faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirishi mumkin.
Futbolchi ayni damda ijara asosida "Sampdoriya"da o'ynamoqda. Futbolchiga Dubayning "Al Nasr" klubi qiziqish bildirmoqda. 31 yoshli Yoshida joriy mavsum "Sautgempton" va "Sampdoriya" tarkibida barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushidi.
Uning ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Yoshida Yaponiya terma jamoasi libosida 100ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgan.
Havola :
Fikrlar