22 apr 23:06
Yangiliklar

"Al Sadd" so'nggi daqiqadagi qo'pol xato sabab "Paxtakor"ni mag'lub etdi
O'yinning 9-daqiqasida Xavi jarima zarbasini golga aylantirib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada Egor Krimec muvozanatni tikladi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida SHerzod Azamovning himoyada yo'l qo'ygan xatosi "Paxtakor"ga qimmatga tushdi. Bag'dod Bunedja bu sovg'adan unumli foydalanib qoldi - 2:1.
OCHL, 4-tur.
"Al Sadd" (Qatar) - "Paxtakor" (O'zbekiston) 2:1
"Jassim Bin Hamad" stadioni.
Hakamlar: Jumpey Iida, Akane Yagi, Karakami Satoshi (uchalasi - Yaponiya), Omar Muborak (Ummon).
Gollar: Xavi (9), Bag'dod Bunedja (87) - Krimec (30)
"Al Sadd" (4-2-3-1): 1.Saad Al SHib - 3.Abdulkarim Hassan, 15.Toriq Salmon, 16.Bualem Huhi, 12.Hamid Ismoil - 14.Gabi, 20.Salim Al Hajri (5.Vu Yung, 77) - 8.Ali Asadilla (66.Yasir Isa, 66), 6.Xavi, 10.Hasan Al Haydos - 11.Bog'dod Bunedja.
"Paxtakor" (4-2-3-1): 35. Sanjar Quvvatov - 34.Farruh Sayfiev, 15.Egor Krimec, 23.SHerzod Azamov, 3.Xojiakbar Alijonov - 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (11.Igor Sergeev, 89) - 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 17.Doston Hamdamov (22.Jasurbek Yaxshiboev, 84) - 21.Marat Bikmaev (99.Javohir Sidiqov, 62).
Fikrlar