05 apr 08:26
Yangiliklar
Futbol

"Al Sadd" Toshkentga kelishidan oldin Qatar chempioniga aylandi
Qatar Yulduzlar ligasida 21-tur o'yinlari davom ettirildi.
Peshqadam "Al Sadd" o'z maydonida "Al Ahli"ni qabul qilib, 7:2 hisobida g'alabaga erishdi.
SHu tariqa, "Al Sadd" chempionat tugashiga bir tur qolganida mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rindagi "Al Duhayl" bilan o'rtadagi farq 7 ochkoga etdi.
Qatar Yulduzlar ligasi.
"Al Sadd" - "Al Ahli" 7:2
Gollar: Bunedja 6 penalti, 45+1, 81, Al Haydos 24, 75 penalti, Akram Afif 53, Jung Vu Yung 90+4 - Nayjel De Yong 71, Abdulrashid Umar 79.
Eslatib o'tamiz, 9 aprel kuni "Al Sadd" Osiyo chempionlar ligasi doirasida, Toshkentda "Paxtakor" klubi mehmoni bo'ladi.
Havola :
Fikrlar