24 jan 09:42
Yangiliklar
Tennis

Albina Germaniya turniridagi ilk uchrashuvini o'tkazdi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Germaniyaning SHtutgart-Stammxeym shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etdi.
Turnirning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasida turnirning uchinchi raketkasi, finlyandiyalik Anastasiya Kulikovaga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Kulikova 6:2, 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
SHuningdek, Albina Xabibulina musobaqaning juftlik bellashuvida ham kortga chiqdi. Bosniya va Gercegoviniya vakili Anita Gusarich bilan birga ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Albina bu bahsda ham mag'lubiyatga uchradi. Ular birinchi davrada chexiyalik tennischilar - Dagmar Dudlakova hamda Nikola Tomanovaga 4:6, 2:6 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar