04 dek 15:00
Yangiliklar
Tennis

Albina Xabibulina bu hafta ham Hindistondagi turnirda, u g'alaba bilan boshladi
Tennischimiz Albina Xabibulina o'tgan hafta Hindistonning Indaur shahrida bo'lib o'tgan turnirda ishtirok etgandi.
Bu hafta sportchimiz Hindistonning boshqa bir shahri Solapurda bo'lib o'tadigan musobaqada qatnashadi.
U bugun turnirda juftlik bahslaridagi ilk o'yinini o'tkazdi.
Qozog'istonlik Aleksandra Grinchishina bilan birga musobaqada ishtirok etayotgan tennischimiz ilk davrada Palxa/Vu juftligiga qarshi kortga chiqdi va 6:2, 7:5 hisoblarida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar