01 dek 15:41
Yangiliklar
Tennis

Albina Xabibulina Hindistondagi turnirda vice-chempion bo'ldi
Hindistonning Indaur shahrida qizlar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning juftlik bahslari o'z yakuniga etdi.
Musobaqada qirg'izistonlik Kseniya Palkina bilan juftlik bahslarida ishtirok etayotgan tennischimiz Albina Xabibulina bugun final o'yinini o'tkazdi.
Xerdzales (Bosniya)/Xsu (Xitoy Taypeyi) juftligiga qarshi 43 daqiqa davom etgan o'yinda Albina va uning dugonasi 2:6, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar