03 sen 17:02
Yangiliklar
Tennis
Aleks De Minaur US Open 1/4 finaliga chiqdi
Dunyoning 10-raketkasi Aleks De Minaur ham tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Avstraliyalik tennischi 1/8 finalda ATP reytingida 32-pog'onada borayotgan vatandoshi Jordan Tompsondan to'rt set natijasiga ko'ra ustun keldi - 6/0, 3/6, 6/3, 7/5. Hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlarida Aleks katta tafovut bilan oldinda bormoqda - 5:1.
Bir daqiqasi kam uch soat davom etgan bahsda De Minaur 5, Tompson 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar va breyklar mos ravishda 7 ga 2 va 7 ga 3 ko'rinishlarida g'olib tennischi foydasiga hal bo'ldi. Endi Aleks 1/4 finalda britaniyalik Jek Dreyperga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar