15 okt 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Pavlovich bilan jangni emas, chempionlik kamari uchun kurashishni kutganini aytdi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra dastlab rossiyalik Sergey Pavlovich bilan jang qilishni emas, balki UFC’ning yangi og'ir vazn chempioni, franciyalik Siril Ganga qarshi revansh jangini o'tkazishni kutganini aytdi.
"Ha, dastlab jang Pavlovich bilan bo'lishi kerak emasdi. Aslida, men chempionlik kamari uchun jang qilishga umid qilgandim, tushunyapsanmi? Mening kutganim shu edi, ammo bu amalga oshmadi.
Avval ham aytganimdek, promoushen o'zi xohlagan ishni qiladi. Rahbarlar Gan bilan Xokit o'rtasidagi jangni tashkil etishga qaror qilishdi. Mening fikrimcha, bu eng yaxshi qaror emas. UFC chempionlik jangi qaysi to'qnashuv bo'lishi kerakligini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazganini aytdi, ammo men buni ko'rmadim.
Lekin men tashkilotni boshqarmayman, qarorni ular qabul qilishadi. Keyingi nomzod sifatida Pavlovich paydo bo'ldi va biz rozi bo'ldik", — dedi Pereyra.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar