09 sen 07:01
Yangiliklar
Aleks Pereyra qaysi jangni xohlayotganini aytdi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra Siril Gan bilan revansh o'tkazishni xohlashini malum qildi.
"Menga kerak bo'lgan uzoq dam olishdan, katta mehnatdan va so'nggi jangimdan keyin ko'pchilik: “Aleks keyin kim bilan jang qiladi?” deb so'ramoqda. Turli fikrlarni ko'ryapman, ammo menimcha, eng mantiqiy jang — Siril Gan bilan revansh. Aynan shu jang bo'lishi kerak. Men buning ustida ishlayman. Bu albatta sodir bo'lishi kerak.
Oxirgi jang qanday yakunlanganini hisobga olsak — u erda taqiqlangan zarbalar ham bo'lgan edi — men yangi imkoniyat berilsa, qaytib kelib nimalarga qodir ekanimni ko'rsataman va uchinchi chempionlik kamarini qo'lga kiritishga harakat qilaman.
Bu meni juda ruhlantiryapti va shu maqsad yo'lida ishlashda davom etaman", — dedi Pereyra.
Fikrlar