05 okt 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Xalil Rauntri bilan jang uchun o'z rejasini aytdi
UFC chempioni Aleks Pereyra ertangi Xalil Rauntri bilan bo'ladigan jang rejasi haqida gapirdi.
"Hech kimga sir emas, raqiblarimni ko'p ham qiynamayman. Hamma mening uslubimni biladi. Eng boshidanoq o'zimga vaziyatlar yarataman va undan foydalanaman.
Barcha Xalilda funkcional tayyorgarlik borasida muammolar borligini aytadi, ammo men uning charchashini kutib o'tirmoqchi emasman. Tik turgan holatda ham muddatidan oldin g'alaba qozona olishimga ishonaman, lekin kerak bo'lib qolsa, kurashga ham tayyorman", - dedi Pereyra.
Havola :
Manba : TheMMAHour
Fikrlar