08 okt 18:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyraning Xalil Rauntriga qarshi jangi oldidan jiddiy muammolarga duch kelgani malum bo'ldi
Braziliyalik aralash yakka kurash ustasi, yarimog'ir vaznda UFC chempioni Aleks Pereyra UFC 308 turnirida ishtirok etishi uchun qanday qiyinchiliklarni engib o'tganini aytdi.
U 6 oktyabr kuni bo'lib o'tgan musobaqaning markaziy jangida amerikalik Xalil Rauntrini nokaut orqali mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Bu juda og'ir jang bo'ldi. Lekin yanada og'irroq ish bu mening jang oldi bo'ladigan yig'inimdir. Menda AQSH vizasi bilan bog'liq muammolar bor edi. Betob bo'lib qolgandim. Besh kun aynan shu sabab bilan antibiotiklarga "o'tirib qoldim".
Bundan tashqari, Braziliyada qovurg'amdan jarohat olgandim, bu erga uchib kelganimda esa oyog'imdagi jarohatim qaytalandi", dedi Pereyra.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar