So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

07 sen 08:30
Yangiliklar

Futbol

Aleksandr Geynrix: “G'alabani og'ir damni o'tkazayotgan vatandoshlarimizga bag'ishlaymiz”

Qatar - O'zbekiston uchrashuvining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Aleksandr Geynrix bilan bog'landik.

“Qatarning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilardik. Bu terma jamoa bilan ko'p yillardan beri to'qnash kelamiz. SHuning uchun ularga qarshi extiyotkor harakat qilishimiz talab etilardi. Qolaversa, guruhimizning qolgan ikkita o'yinida Janubiy Koreya hamda Eron terma jamoalari ochko yo'qotishdi. Bu biz uchun yaxshigina imkoniyat edi. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yindan keyin ko'pchilik Suriyani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratganimizni aytib, tanqid qildi. Bugun suriyaliklar JCHning doimiy ishtirokchilaridan bo'lgan Koreyadan ochko olishdi. Bu guruhimizda kuchsiz terma jamoaning yo'qligini ko'rsatmoqda.

Bu g'alaba O'zbekiston uchun juda ham kerak edi. Biz ham qiyin damlarni o'tkazdik. So'nggi kunlarning qanday o'tganini o'zimiz bilamiz. SHuning uchun ham bugun yutmasak bo'lmasdi. Bu esa oson bo'lmadi. Jamoadoshlarimning kayfiyati tushkun holatda edi. SHunday bo'lsada, biz iroda ko'rsata oldik. Oz bo'lsada, yurtdoshlarimizning ko'ngillarini ola bilgan bo'lsak, bundan biz futbolchilar xursandmiz”, - dedi Aleksandr Geynrix.

- Negadir O'zbekiston terma jamoasi ikki xil o'yin ko'rsatayapti. Suriyaga qarshi ham, bugun ham ikkinchi bo'limning birinchisidan farqi katta bo'ldi. Nima uchun birinchi bo'limda ham shunday o'ynay olmayapmiz?

- Suriya yopiq jamoa edi. Qatar esa o'z maydonida o'ynagani uchun birinchi bo'limda faollik qildi. Biz o'z paytimizni kutishga majbur bo'ldik. Ikkinchi bo'limga kelib, ular charchab qoldilar va biz uchun oldinga chiqishga fursat kelgandi.

Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing