05 mar 11:55
Yangiliklar
Aleksandr Lobanov: "CHempionatning ochilishini juda kutdik"
- CHempionatning ochilishini juda kutdik, chunki rasmiy o'yin va muxlislarsiz zerikib qolgandik.
Birinchi bahs oldidan hayajon bo'ldi, albatta. Ochilish bellashuvi va jiddiy raqib turardi, ammo o'yin boshlanishi bilan barchasi o'tib ketdi. Tashabbusni qo'lga oldik va tezda gol urdik. Uchrashuv borishini nazorat qildik. Yana to'p kiritishimiz mumkin edi, biroq o'zimizning xato tufayli to'p o'tkazib yubordik.
Tanaffusdan maydonga faqat g'alaba haqidagi xayol bilan qaytdik. Ishonchli o'ynadik va raqibga imkoniyat qoldirmadik. Natijani o'yinga yarasha bo'ldi deb hisoblayman. Muxlislar bizni olg'a chorlagani uchun zafar quchishimiz shart edi. Har bir bahsda g'alaba maqsadida maydonga tushamiz. Bu yil o'tgan mavsumdagi natija tasodif ekanligini isbotlashga intilamiz. Oldimizga har bir bahsda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan, - deb takidladi Lobanov.
Fikrlar