15 iyu 12:52
Yangiliklar

Aleksandr Volkov: Bleydsdan keyin navbat Ngannuga keladi
"Rossiyadagi hozirgi epidemiologik holat jiddiy. Ayniqcha, Moskvada vaziyat murakkab. Sport zallari, xususan bizning mashg'ulot zalimiz yopiq. Buning natijasida ikki oy mashg'ulot o'tkaza olmadik. SHunday bo'lsa-da, qo'ldan kelganicha harakat qildik. Asosan uyda shug'ullandim.
Jangim aniq bo'lganidan keyin so'nggi ikki hafta davomida to'laqonli mashg'ulot o'tkazdim. To'liq kontaktdagi sparringlar tashkil etdik. Albatta, ayrim rejalarni amalga oshirishning imkoni bo'lmadi. Umumiy olganda, tayyorgarlikdan ko'nglim to'ldi.
Ngannu bilan jang? U bilan ertami-kech, albatta uchrashamiz. Hozir birinchi navbatda Bleydsni mag'lub etishim shart. Keyin esa Ngannu bilan uchrashsam bo'ladi", – dedi Volkov.
Eslatib o'tamiz, Volkov – Bleyds jangi 20 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 173 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar