09 noy 10:25
Yangiliklar
Futbol

Aleksis Sanches bir oyga safdan chiqdi
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Aleksis Sanches CHili terma jamoasi mashg'ulotlarida jarohat oldi.
Joriy mavsumda chempionlik
uchun kurashayotgan “kanonirlar” endi kamida bir oy Sanchesning xizmatidan
foydalana olmaydilar. Futbolchi mashg'ulot chog'ida oyog'ida og'riq sezgan.
SHifokorlar uni zudlik bilan shifoxonaga jo'natishgan. Afsuski, tekshiruv natijalari ijobiy chiqmadi. Endi Aleksis bir oy mobaynida davolanishi kerak bo'ladi. Sanches muolajalarni poytaxt Santyagoda oladi.
Malumot uchun, Aleksis joriy mavsum Angliya chempionatining 11ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol kiritishga va 4ta golli uzatmani berishga muvaffaq bo'lgan.
Havola :
Fikrlar