26 okt 14:16
Yangiliklar
Futbol

Aliboev to'p tepadigan jamoa turnir etakchisidan ochko tortib oldi
"CHonbuk Motors" hamda "Seul" o'rtasidagi Janubiy Koreya chempionatining 35-tur uchrashuvi yakuniga etdi.
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev to'p tepadigan "Seul" ushbu bahsning 20-daqiqasida hisobni ochdi. Raqib jamoa o'yinning so'nggi daqiqalarida (85) hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
O'yin 1:1 hisobida yakuniga etdi va jamoalar 1 ochkodan ishlab olishdi. Hamyurtimiz Ikrom Aliboev bu uchrashuvning qaydnomasiga kiritilmadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar