17 mar 10:51
Yangiliklar
Futbol

Aliqulov rasman terma jamoamizning mart oyidagi o'yinlarida yordam bera olmaydi. Uning o'rniga "Nasaf" futbolchisi chaqirildi
Milliy terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov "Rizespor" klubi safida Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvda yuzidan jarohat olib maydonni tark etdi.
Klub tomonidan o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Aliqulovning burun va yonoq qismida suyak sinish holati aniqlanib, futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo'llandi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiy shtab tavsiyasi bilan Husniddin Aliqulov terma jamoamiz yig'inida qatnasha olmaydigan bo'ldi.
Temur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar tomonidan milliy terma jamoamiz safiga "Nasaf" klubi himoyachisi G'olib G'aybullaev jalb etildi.
Havola :
Fikrlar