So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

07 avg 17:27
Yangiliklar

SHaxmat

Alisher Sadullaev shaxmat Olimpiadasidagi maqsadimiz va 2026 yilgi mezbonlik haqida gapirdi

Hindistonning CHennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi qizg'in davom etmoqda.

Sportchilarimizni qo'llab-quvvatlash hamda FIDE yig'ilishida taqdimot qilish maqsadida O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi Alisher Sadullaev ham CHennay shahriga etib keldi. 

Olimpiada o'tkazilayotgan manzilda shaxmatchilarimizning uchrashuvlarini hayajon bilan kuzatib o'tirgan Alisher Sadullaevning fikrlari bilan qiziqdik.  

"Maqsad ilk navbatda sportchilarimizni mana shunday katta musobaqa, shaxmat olamidagi nufuzli turnir - Butunjahon shaxmat Olimpiadasida qo'llab-quvvatlashdir. Terma jamoamiz azolari yosh bo'lishlariga qaramay, dunyodagi eng kuchli uch jamoa qatorida ketishmoqda. 


Malumot uchun, shuni aytib o'tishni istardimki, O'zbekiston so'nggi marotaba 1992 yili Manilada o'tkazilgan shaxmat Olimpiadasida sovrindorlar qatoriga kira olgan va kumush medalni qo'lga kiritgan. SHundan so'ng biz kuchli uchlikdan o'rin ololmaganmiz.

Lekin bir narsa bor - bugungi oltin avlod barchaning diqqatini o'ziga jalb etmoqda. Hindistonda ham O'zbekiston desa barcha taniyapti. Bunday holatni ilk bora ko'rib turibman. 

SHuningdek, yana bir muhim tadbirga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Ertaga, 8 avgust kuni Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) ning katta yig'ilishi bo'ladi. Unda 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasi mezboni kim bo'lishi haqidagi masalaga aniqlik kiritiladi. Bu borada O'zbekiston juda ko'p mehnat qildi. Bu bo'yicha prezident, hukumat tomonidan kafolat xati ham berildi. Endi oldimizdagi vazifa - biz chiroyli taqdimot o'tkazib, shaxmat olami delegaciyalarini ishontira olishimiz kerak. 2026 yilgi SHaxmat Olimpiadasini O'zbekistonda o'tkazishga qattiq bel bog'laganmiz. 

2026 yilgi Olimpiadani o'tkazish uchun O'zbekiston eng qulay, mehmonlar uchun qiziqarli joy ekanligini ko'rsatib berishimiz kerak. 

Bizning hisob-kitoblarimizga ko'ra, Toshkent shahri va Samarqand viloyatlari ushbu shaxmat Olimpiadasini o'tkazish uchun eng munosib davogarlardan hisoblanmoqda. Ertaga mana shu taqdimotimiz bo'lib o'tadi. 

Fursatdan foydalanib, yigit va qizlarimizga, ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirib qolaman. Biz jahon shaxmat olamida katta yo'lga chiqdik. Muntazam ravishda kuchli uchlik, beshlik, o'nlikda yurishimiz lozim. Faqat tepaga qarab yurishimiz kerak. Terma jamoamizning salohiyatini butun jahon ko'rmoqda. Barchasi o'z qo'limizda. 


Bugun Olimpiada peshqadami Armanistonga qarshi bahslar o'tkazilmoqda. O'ylaymanki, ushbu bahsda g'alaba qozonish uchun terma jamoamizning kuchi va salohiyati etadi", - dedi Alisher Sadullaev Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda. 

Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi, CHennay. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
08 avg 01:19:38
ТЕМУРБЕК
Шу йигитни қадами қутлуғ келди шахматга, охиригача шундай давом этсин????
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing