18 apr 15:25
Yangiliklar
Alisher Yusupov – Osiyo chempioni! Musobaqani 10 ta medal bilan yakunladik
Musobaqaning so'nggi kuni Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov jamoamizga yagona oltin medalni taqdim etdi. U final bellashuvida Koreya Respublikasi polvoni Li Seon Gyobni yuko bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda aynan Yusupovga yutqazgan yana bir Olimpiya o'yinlari sovrindori Muzaffarbek To'raboev bronza medaliga sazovor bo'ldi. U uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda mo'g'ulistonlik Odhu Tsetsentsengeldan ustun ekanini amalda isbotladi.

SHuningdek, bugungi kun dasturida Ernazar Sarsenbaev (-100 kg) tojikistonlik Jahongir Majidovni, Umida Nig'matova (+78 kg) qozog'istonlik Aida Toishebekovani taslim etdi. O'ziga xos o'zbek derbisida esa Barchinoy Qodirova jamoadoshi Marjona Ko'chimovani engib, bronza medaliga ega chiqdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza, jami 10 ta medal bilan Osiyo chempionatining yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. Ertaga qita birinchiligida aralash jamoaviy bellashuvlar o'tkaziladi.

Fikrlar