09 jan 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Alixo'jaev sobiq murabbiyi bilan bo'lgan nizolar haqida: “ U odam sehrgarmi bilmayman, u aytgan gaplarini eshitganlar meni aybdor deb o'ylaydi"
MMA jangchisi Amirxon Alixo'jaev sobiq murabbiyi Dilshod Niyazov bilan bog'liq voqealarga munosabat bildirdi.
“Dilshod Niyazov bilan shu darajaga etib keldik. Bu bosqichdan so'ng men yanada kuchliroq jamoaga qo'shilishim kerak edi. Ulardan duo olib, ketganman.
Ularni norozi qilmaganman. Bu narsa bo'lmagan, bu gaplarni ular chiqargan. Ustozim bo'lgani uchun ham hech nima demayman. Agar ularni norozi qilganimda, meni hech kim o'z jamoasiga qo'shmagan bo'lardi. Hozirda ular bilan hech qanday munosabatim yo'q. Hamma o'zining yo'lida yurgani maqul.
O'rtada kelishmovchilik bo'lgan, biroq ayb menda emas. Lekin u odam sehrgarmi bilmayman, u aytgan gaplarini eshitganlar hammasiga meni aybdor deb o'ylaydi. Men bu haqida gapirishni ham istamayman”,-dedi MMA jangchisi.
TO'LIQ INTERVYUNI TOMOSHA QILING
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar