29 avg 17:59
Yangiliklar
Futbol
Alkaser “Barselona”da tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi
“Valensiya” klubi hujumchisi Pako Alkaser bugunning o'zida “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin.
Ispan matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Alkaser Kataloniya klubida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli tarzda o'tgan. Bu boradagi rasmiy malumotning yaqin soatlar ichida elon qilinishi kutilyapti.
“Barselona” rahbariyati Pakoning transferi uchun 30 million evro to'laydi. Alkaser istalgan vaqtda “Barselona”ning hujum uchligi – Leo Messi, Luis Suares va Neymarni almashtirishi mumkin.
Malumot uchun, 22 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda “Valensiya” safida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta golga mualliflik qilgan edi.
Havola :
Fikrlar