06 dek 10:10
Yangiliklar
Futbol
Allegri A Seriyada Anchelottining natijasini takrorladi
Italiya chempionati 16-turida “Yuventus” 2:0 hisobida “Jenoa”ni taslim etdi.
Bu turinliklar ustozi Massimiliano Allegri uchun A Seriyada qo'lga kiritilgan 250-g'alaba bo'ldi. Allegri shularning 150 tasida “Yuve” bilan muvaffaqiyat qozongan.
Musobaqa uch ochkolik tizimga o'tganidan beri (1994 yil) bunday natijaga faqatgina Karlo Anchelotti erishgan. Uning hisobida 275 ta g'alaba mavjud.
Havola :
Fikrlar