05 sen 17:44
Yangiliklar
Futbol
Alli JCH-2018 paytida taksichi bergan tumorni saqlar ekan
"Tottenxem" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli Rossiyadagi jahon chempionati paytida taksichidan olgan tumor haqida gapirib berdi.
"JCH-2018da jarohat olganimdan so'ng taksida tibbiy ko'rikka yo'l oldim. Mashinadan tushganimda taksichi menga tumor berdi va u omad keltirishini aytdi. Tibbiy tekshiruvdan so'ng uni qoldirishga qaror qildim. Uni taqmayman, ammo sumkamda saqlayman" - deydi Alli.
Tibbiy tekshiruvdan so'ng xavbekning jarohati jiddiy emasligi aniqlandi.
Havola :
Fikrlar