01 jan 20:25
Yangiliklar

Alli va Keynning dubli “Tottenxem”ga yirik g'alabani taqdim etdi
Unda sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan Londonning “Tottenxem” klubi safarda “Uotford” jamoasi mehmoni bo'lib, yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Xarri Keyn va Delli Alli o'z hisoblariga ikkitadan gol yozib qo'yishdi. “Tottenxem” bundan avvalgi turda ham mehmonda to'p tepib, raqib darvozasini 4 marotaba ishg'ol qilgan edi.
Angliya chempionat. 19-tur
UOTFORD – TOTTENXEM 1:4 (0:3, 1:1)
“Vikarej Roud” stadioni
Gollar:0:1 – 27 Keyn, 0:2 – 33 Keyn, 0:3 – 41 Alli, 0:4 – 46 Alli, 1:4 – 90 Kabul
“Uotford”: Gomes, Ketkart, Predl, Kabul, Xolebas (Meyson, 68), Gediura, Dukure, Kapu (Kabasele, 79), Amrabat (Sinkleyr, 75), Igalo, Dini.
“Tottenxem”: Loris, Vimmer, Tripper, Alderveyreld, Rouz (Devis, 68), Eriksen, Vanyama, Dayer, Alli (Uinks, 61), Keyn (Yanssen, 77), Son Xyon Min.
Ogohlantirishlar:Xolebas (44), Predl (63), Ketkart (83).
Fikrlar