03 may 10:15
Yangiliklar
Tennis
Almaty Open. Uch nafar tennischimiz ikkinchi davrada
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Almaty Open musobaqasining o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida 3 nafar tennischimiz ilk davrada g'alabaga erishib, ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Odil Karimov ilk bosqichda mezbonlar vakili Nikita Sidorovni 7:5, 6:3 hisobida taslim etdi. Uning ikkinchi davradagi raqibi rossiyalik Maksim Maslov bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar