31 may 09:41
Yangiliklar
Futbol

Alonso Madridga qaytishni xohlamoqda
“CHelsi” himoyachisi Markos Alonso Londonni tark etish niyatida.
Ispaniyalik himoyachi faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin. Alonsoning o'zi “Atletiko M” safida to'p surishni istamoqda. Futbolchi o'z xohishi haqida “matraschilar”ni boxabar qilgan.
Avvalroq “Atletiko” APLning boshqa bir klubi “Lester” himoyachisi Ben CHilvellni o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida xabar tarqalgandi.
Asli “Real M” tarbiylanuvchisi bo'lgan Alonsoning otasi vaqtida “Atletiko M” va “Barselona”da to'p surgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar