26 avg 18:02
Yangiliklar
"Alpin" Formula-1'ning ikki karra chempioni bilan shartnomani uzaytirdi
"Alpin bilan shartnomani 2022 yilgacha yangilaganimdan juda xursandman. Bu jamoada o'zimni uydagidek his qilyapman, Formula-1'dagi eng yaxshi muhandislar bilan ishlash yoqimli", - dedi ispaniyalik poygachi.
Iyul oyida Fernando Alonso 40 yoshga to'ldi. U faoliyatidagi ikki chempionlikni ham "Reno" jamoasi tarkibida qo'lga kiritgan: 2005 va 2006 yillarda. Ispaniyalik pilot Formula-1'dagi faoliyatini "Minardi" bilan boshladi va 2001 yilgi mavsumni shu jamoada o'tkazdi. "Reno"dagi to'rt mavsumdan so'ng (2003 yildan 2006 yilgacha), Fernando "Maklaren"ga ko'chib o'tdi va bir yil o'tib u erdan janjal bilan ketdi. Yana ikki mavsumni "Reno"da o'tkazgandan so'ng, Alonso "Ferrari"ga o'tdi, lekin u uchinchi chempionlikni qo'lga kirita olmadi.
2015 yilda Alonso "Maklaren"ga qaytdi, ammo shohsupaga ko'tarila olmadi. 2018 yilgi mavsumdan so'ng u ikki yil Formula-1 poygalarida qatnashmadi. 2021 yilgacha u "Alpin" bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar