10 dek 14:20
Yangiliklar

Amaldagi jahon chempioni qaytdi va muvozanatni tikladi
2024 yilgi jahon toji uchun amaldagi jahon chempioni Din Lijen (Xitoy) hamda davogarlar turniri g'olibi 18 yoshli Gukesh Dommaradju (Hindiston) o'zaro bahs olib boryapti. Kecha o'tkazilgan 12-partiyada Din juda muhim g'alabaga erishib, umumiy hisobni tenglashtirdi - 7:7. Bir tur oldin hindistonlik grossmeyster g'alaba qozonib, hisobda oldinga chiqib olgandi.
Grossmeysterlar 14 ta partiyada o'zaro hisob-kitob qilishadi. Hisob durang bo'lib qolgan taqdirda g'olibni aniqlash uchun qo'shimcha tay-brekka murojaat qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Dommaradju va Lijen o'rtasidagi uchrashuv 138 yillik tarixni yangilagan. Yani, oradan 138 yi o'tib, ikki Osiyo vakillari jahon toji uchun o'zaro dona surishyapti. SHuningdek, bu Janubiy-SHarqiy Osiyo mintaqasida o'tkazilayotgan tarixdagi ikkinchi turnir hisoblanadi. Birinchi musobaqa 1978 yili Filippinning Bagio shahrida tashkil etilgan edi.
Fikrlar