09 dek 13:34
Yangiliklar
Amaldagi jahon chempionida durang, u autsayderlar qatorida
Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari jam bo'lgan ushbu musobaqada 6-tur partiyalari o'ynaldi. Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi qora donalarda o'ynab, durangga erishdi.
Sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand
esa rossiyalik Sergey Karyakin bilan murosaga keldi. Uesli So (AQSH) – Levon Aronyan (Armaniston), Maksim Vashe-Lagrav
(Franciya) – Fabiano Karuana (AQSH) partiyalarida ham g'olib aniqlanmadi.
Londondagi turnir 11 dekabr kuni yakunlanadi. Oltinchi turdan so'ng turnir jadvalida amerikalik Fabiano Karuana 4 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Rossiyalik Yan Nepomnyashhiy 3,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Aronyan, Vashe-Lagrav, Karlsen, So va Nakamurada 3, Karyakin, Anand va Adamsda 2,5tadan ochko bor.
Fikrlar