So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

17 sen 10:25
Yangiliklar

SHaxmat

Amaldagi Olimpiada chempionlari kambek qilgan 6-turda asosiy raqiblarimiz qanday natija qayd etishdi? (+FOTO)

SHu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 6-turda Isroil shaxmatchilaridan 2,5:1,5 hisobida ustun kelishdi. Yosh grossmeysterlarimiz 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining ertaga o'tkaziladigan 7-turida tarkibida tajribali shaxmatchilar jam bo'lgan Ukraina terma jamoasiga qarshi dona surishadi.  

Ettinchi tur oldidan 100 foizlik natija qayd etgan birgina Hindiston qoldi. Hindlar 6 ta uchrashuvnig barchasida g'alaba qozonishgan. Vetnam, Xitoy va Eron terma jamoalari hisobida 5 g'alaba va 1 durang bor. Angliya va Gruziya ham hali yutqazmagan. 

O'zbekiston, Franciya, Ukraina, Armaniston, Vengriya, Serbiya, Litva va Niderlandiya terma jamoalari 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etishgan. O'zbekiston qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 10 ochko jamg'arganlar orasida eng yuqori - 5-o'rinni egallab turibdi. 

Terma jamoamizning asosiy raqiblari 6-turda muhim g'alabalarga erishishdi. Faqat Xitoy - Vetnam va AQSH - Ruminiya uchrashuvlarida tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. Hindiston Olimpiada mezbonlarini 3:1 hisobida engishdi. Eron Magnus Karlsen boshchiligidagi Norvegiya terma jamoasini taslim etdi - 2,5:1,5. Ozarbayjon biroz kutilmaganda Litvaga 1,5:2,5 hisobida yutqazib qo'ydi.  

Ertaga o'tkaziladigan 7-turning markaziy bahsi Hindiston va Xitoy terma jamoalari o'rtasida tashkil etiladi. 

7-turning markaziy uchrashuvlari:

Litva - Vengriya

Eron - Vetnam

O'ZBEKISTON - Ukraina

Serbiya - Niderlandiya

Armasniton - Angliya

Franciya - Gruziya

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing