21 may 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Amaldagi UFC chempioni tashkilot rahbaridan norozi
O'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Drikus Dyu Plessi promoushen rahbariga etirozli murojaat bilan chiqdi.
Janubiy Afrika Respublikasi vakili promoushenning hali hamon uning jangini elon qilmaganidan taajjubga tushyapti.
"Biz jang manzili va raqib masalasida kelishib oldik. Manzil aniq bo'lgach, sana ham avtomatik ravishda tasdiqlanadi. SHunday ekan, UFC nega jangimni anons qilmayapti?" - deya etirozini bildirdi Plessi.
Dyu Plessi bu gapi bilan 17 avgust kuni Avstraliyaning Pert shahrida o'tkaziladigan UFC 305 turnirida jang qilishiga shama qilgan. Drikus bo'lajak turnirda divizionning sobiq chempioni Israel Adesanyadan chempionlik kamarini himoya qiladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar