31 avg 10:10
Yangiliklar
Tennis
Amaldagi US Open chempioni 1/16 finaldayoq mag'lubiyatga uchradi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri davom etmoqda.
Musobaqaning amaldagi g'olibi, dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Novak Jokovich 1/16 finaldayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Serbiyalik tennischi ATP reytingida 28-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Aleksey Popiringa imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 4/6, 6/2, 4/6.
Novak o'zaro uchrashuvlarda ilk bor Yashil qita vakiligi yutqazib qo'ydi - 1:3. Uch soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 16, Popirin 15 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Novak oz emas, ko'p emas, 14 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Alekseyda bu ko'rsatkich 6 tani tashkil qildi. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 5 ga 4!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar