17 iyu 09:10
Yangiliklar

Amerika Kubogi-2016. AQSH – ilk yarim finalchi
CHorak final uchrashuvida musobaqa mezbonlari AQSH terma jamoasi Ekvadorni 2:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi.
Amerikaliklarning yarim finaldagi raqibi Argentina – Venesuela uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
Amerika kubogi. 1/4 final AQSH – EKVADOR 2:1
17 iyun, 06.30. “Century Link Field” stadioni
Gollar: 1:0 – 22 Dempsi, 2:0 – 65 Zardes, 2:1 – 74 Arroyo.
AQSH – Gyuzan, Bruks, Kemeron, Bezler, Jonson, Jons, Bredli, Bedoyya (Zusi, 81), Dempsi (Bekkerman, 74), Vud, Zardes (Birnbaum, 90).
Ekvador – Dominges, Mina, Ayovi, Paredes (Ayovi, 82), Eraso, Grueso (Ramires, 72), Noboa (Gaybor, 62), Arroyo, Valensiya, Montero, Valensiya.
Ogohlantirishlar: Valensiya (37), Vud (53), Paredes (64), Bedoyya (73), Gyuzan (84).
CHetlatish: Jons (52), Valensiya (52).
Fikrlar