19 iyu 10:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/305_220.jpg)
Amerika Kubogi-2016. Argentina yarim finalda
G'oliblik uchun asosiy davogar hisoblangan Argentina terma jamoasi Venesueladan 4:1 hisobida ustun keldi.
O'yinda Gonsalo Iguain dublga erishgan bo'lsa, Lionel Messi va Lamela o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. Yagona javob to'pini Rondon kiritdi.
Amerika kubogi. 1/4 final
ARGENTINA – VENESUELA 4:1 (2:0, 2:1)
19 iyun. “Gillette Stadium”
Gollar: 1:0 – 8 Iguain, 2:0 – 28 Iguain, 3:0 – 60 Messi, 3:1 – 70 Rondon, 4:1 – 71 Lamela.
Argentina – Romero, Merkado, Otamendi, Funes Mori, Roxo, Fernandes, Maskerano, Banega (Bigliya, 80), Messi, Iguain (Aguero, 74), Gaytan (Lamela, 67).
Venesuela – Ernandes, Gonsales, Anxel, Viskarrondo, Felcher, Gerra, Rinkon (Velaskes, 85), Figera, Seyxas (Anor, 55), Rondon, Martines (Del Vale, 80).
Ogohlantirishlar: Seyxas (4), Gaytan (27), Anxel (52), Figera (63), Rondon (77).
Fikrlar