27 iyu 08:27
Yangiliklar

Amerika Kubogi-2016. CHili chempionlik titulini himoya qildi
Hal qiluvchi final uchrashuvida CHili terma jamoasi Argentinani penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag'lub etdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmagandi.
SHu tariqa, CHili terma jamoasi o'z unvonini himoya qildi. O'tgan yili ham chililik futbolchilar bosh mukofotni qo'lga kiritishgan edi.
ARGENTINA – CHILI 0:0 (0:0) (penaltilar seriyasi - 2:4)
“New Meadowlands Stadium, East Rutherford”
Argentina – Romero, Otamendi, Roxo, Merkado, Funes Mori, Maskerano, Bigliya, Banega (Lamela, 111), Di Mariya (Kranevitter, 57), Messi, Iguain (Aguero, 70).
CHili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Vargas (Kastilo, 109), Vidal, Fuensalida (Puch, 80), Arangis, Sanches (Silva, 104), Medel, Dias.
Ogohlantirishlar: Dias (16), Maskerano (37), Vidal (37), Messi (40), Bosejur (52), Arangis (69), Kranevitter (94). CHetlatishlar: Dias (28), Roxo (43).
Fikrlar