21 okt 14:13
Yangiliklar

Amerikalik shaxmatchi Narodickiy 29 yoshida vafot etdi
O'lim sababi aniqlanmagan.
"Biz Daniel Narodickiyning kutilmagan vafotidan qattiq qayg'uga sherikmiz. U iqtidorli shaxmatchi, o'qituvchi va shaxmat jamoasining muhim azosi edi. Daniel, shuningdek, mehribon o'g'il, uka va sodiq do'st edi.
Keling, Daniel haqiga hurmat bajo qilaylik, uning shaxmatga bo'lgan ishtiyoqi va motivaciyasini eslaylik", deyiladi bayonotda.
Narodickiy 1995 yilning 9 noyabrida Kaliforniyaning San-Mateo shahrida tug'ilgan. Uning otasi Vladimir Narodickiy AQSHga Ukrainadan ko'chib kelgan, onasi Elena esa asli ozarbayjonlik edi. Narodickiy olti yoshida shaxmat o'ynashni boshlagan va 2007 yilning noyabrida 12 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan. 18 yoshida esa grossmeysterga aylangan.
2025 yil avgust oyida Daniel Narodickiy blic bo'yicha AQSH milliy chempionatida g'olib chiqqandi.
Fikrlar