12 avg 14:09
Yangiliklar
Tennis

Amerikalik tennischi dushanba kungi reytingda 800 pog'ona yuqorilaydi
Amerikalik tennischi Sloan Stivens dushanba kuni elon qilinadigan yangi reytingda deyarli 800 pog'ona yuqoriga ko'tarilib oladi.
Dunyoning 934-raketkasi bo'lib turgan Sloan Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilayotgan WTA Premier 5 toifasidagi nufuzli turnirning yarim finaliga chiqib, katta shov-shuv ko'tardi. Yangi reytingda u kamida 150-o'rinday joy oladi.
Kanada Ochiq chempionati nomini olgan Rogers Cup turnirining
sovrin jamg'armasi 2 million 434 ming 389 dollarni tashkil qiladi. Amerikalik
tennischi 2 soatu 11 daqiqa davom etgan chorak final bahsida chexiyalik Lyusi
SHafarjovani 6:2, 1:6, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar